среда, 30 сентября 2015 г.

Asadlar oilasi Suriyada

Birinchi jahon urushidan keyin, Suriya Usmoniy turklar imperiyasi hukmronligidan ozod bo'lgan davrlardan buyon vaziyat juda notinch edi. Turklarning o'rniga kelgan fransuzlarga qarshi qo'zg'olonlar umuman to'xtamasdi. Faqat nisbatan xotirjam bo'lgan 1922-yilning o'zida Suriyada Fransiyaning 5 mingta askari o'ldirildi.
Keyinchalik Fransiya o'z qo'shinlarini Sovet Ittifoqining siquvi ostida chiqarishga majbur bo'ldi. O'sha vaqtlarda Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi (BAAS) yashirin holatda edi va Suriyada hammasi bo'lib 500 ga yaqin a'zosi bor edi. BAASning mafkurasi o'zida sotsializm va natsionalizmni birlashtirardi. Partiya asoschilari chet el kapitaliga asoslangan barcha kompaniyalarni milliylashtirishni va barcha arab davlatlarini birlashtirishni talab qilardilar. (Saysko-Pekko kelishuvuni eslang!) BAAS dunyoviy partiya sifatida yaratilgan va hozirgacha ham shundayligicha qoldi, uning Islom diniga befarq ekanligini tushunish oson: partiya asoschisi Mishel Aflyak Xristian diniga e'tiqod qilgan.
Mazkur partiya Iroqda va Suriyada eng ko'p muvaffaqiyat qozongan va shu davlatlarda hukmron partiyaga aylandi.
BAAS o'z maqsadiga 1958-yil 1-fevralda Misr va Suriya hukumatlarining o'zaro kelishuvi natijasida yangi unitar davlat-Birlashgan Arab Respublikasi tuzildi.
1970-yilning noyabriga qadar mustaqil Suriyaning qisqagina tarixida yigirmadan ortiq harbiy to'ntarishlar bo'ldi. Hofiz Asad uyushtirgan to'ntarish ularning eng oxirgisi edi. So'l BAASchilardan bo'lgan Asad milliylashtirilgan ba'zi kichik sanoat korxonalarini egalariga qaytarib berish bilan avvalgi hukumatdan norozilik to'lqinini so'ndirdi. Asad prezidentligining tashqi siyosatdagi asosiy g'oyasi Isroilga qarshi murosasiz kurash bo'ldi. 1973-yilda sovetlar yordamida 1967-yilgi "olti kunlik" Suriya-Isroil urushidagi mag'lubiyat tufayli bo berilgan Jo'lan tepaliklaridagi yerlarni qaytarib olishga urundi. Ammo isroilliklar qarshi hujumda Damashqqa artilleriya hujumlarini uyushtirdilar. Bundan faqat Asadni qo'shni arab davlatlari yordami va sovet diplomatlarining BMT Xavfsizlik kengashidagi faol harakatlari qutqarib qoldi. Asadda xuddi Saddam singari xalqni o'ziga ishontirish qobilyati mavjudligi,bu mag'lubiyatda ham uning mamlakatdagi obro'yini tushira olmadi. Bugungi Bashar Asadning armiyasini asosini Hofiz Asad yaratgan. Bunga arab neft qirollaridan va SSSRdan yirik moliyaviy yordam olishi evaziga erishgan. 1973-yilgi mag'lubiyatdan o'ch olish maqsadida Asad geografiyadan foydalandi. Bunda u Livanni tanladi. Bunda Livanning Suriya nazorati ostida qolgan hududlari Isroilga terroristik tashkilotlarni yetishtirish uchun ozuqa manbai bo'lib qoldi. Hofiz Asad "Xizbolloh"ni Eron bilan birgalikda, "Islom jihodi"ni esa-bir o'zi ta'minlardi. O'sha vaqtlarda Falastinni ozod qilish tashkiloti bilan munosabatlar unchalim darajada yaxshi emas edi. Bunga sabab, neft qirollarining moliyaviy yordami uchun Hofiz Asad va Yosir Arofat raqobatlashayotgani edi.
Bugungi kunda dastlab muxolifatchilar sifatida nomoyon bo'lgan terroristik gruppalarning Bashar Asad hukmronligiga qarshiligiga sabab, Hofiz Asad davrida Suriyada faoliyat olib borgan "Musulmon og'aynilar"ekstremistik tashkilotining Asadning "sof" islom nuqtai nazarida prezidentning "noto'g'ri" diniy mansubligi haqida eslatib turishalari edi. Bilamizki, Asadlar oilasi musulmonlarning alaviyya mashabiga mansub edi. Bu mashab Suriya aholisining 1/10 tashkil qiladi. Asad hokimiyatni o'g'illaridan birortasiga berish haqida o'ylay boshladi. Voris sifatida katta o'g'li Baselni tayyorladi,biroq 1994-yilda avtohalokatda olamdan o'tdi. Shunda Asad ikkinchi o'g'li Bashar Asadni tanladi. Bashar o'sha vaqtda otasining orzusi, ya'ni shifokor bo'lish uchun Londondagi tibbiy markazlardan birining ordinaturasida oftalmologlikka o'qiyotgan edi.
2000-yil 10-yanvarda Asad olamdan o'tdi. O'sha kun Suriya parlamenti konstitutsiyaga o'zgartirish kiritdi. Bu o'zgartirish prezidentga nomzodlar yoshiga qo'yilgan cheklov 40 dan 34 yoshga (Bashar shu yoshda) pasaytirildi. Deputatlar bir ovozdan Basharni saylashdi keyinroq esa referendum o'tkazildi. Bashar shu kungacha hokimiyatni asrash vazifasini uddalayotgan edi. 2004-yilda tug'ilgan o'g'liga otasi ismini berdi. Bundan kelajakda mamlakatni Hofiz II boshqarishiga ishora qilgan bo'lsa ajab emas. Ammo bunga NATO qo'shinlari halaqit qilmasmikin?