суббота, 12 марта 2016 г.

"Etik" zahmati

Amal misoli oyog'ingdagi etikday gap.
Seni amalga xalq ko'taradimi, davlat o'tqazib qo'yadimi, baribir "Mana shu etikni kiyginda, kerak bo'lsa suv kechib, kerak bo'lsa loy kechib, yurting xizmatini qilg'in", deydi. Qilasanam! 
To'g'ri, bir xillar bor zig'irday amal tegdimi, bo'ldi. Xudo amal bilan qo'shib aql berdi deb o'ylaydi. Bunaqalar yonida o'zidan aqlliroq odam ishlashini xoxlamaydi. Nazarida aqlli odam etigini yechib olayotganday bo'laveradi. Bechorani goh tirsagi bilan turdadi, goh dumbasi bilan.......
"Ikki eshik orasi" dan parcha

Комментариев нет:

Отправить комментарий