Hozirgi kunda xalqaro hamjamiyatning asosiy diqqat markazi Yaqin Sharq mamlakatlariga qaratilgandir. Shu jumladan, Suriya mojarosiga e'tibor beradigan bo'lsak, OAVlarda Suriya mojarosiga ikki xil qarash mavjud. Ya'ni,birinchisi, Suriyadagi voqealar ichki nizolar sifatida baholansa, ikkinchi qarashda esa bu voqealarga xalqaro nizo (konflikt) sifatida qaralmoqda.
Bu, albatta,OAVlarning qarashlari. Endi biz bunga xalqaro huquq hujjatlari orqali baho berishga urinib ko'rsak. Demak,birinchidan haqiqatdan ham bu hududda nizolar, ya'ni qurolli nizolar ro'y bermoqda.
Bu nizolarni qanday nizo ekanligini aniqlashimiz uchun "Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga doir qo'shimcha protokol" (I Protokol) va "Xalqaro bo'lmagan qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga doir qo'shimcha protokol" (II Protokol)larni bilishimiz zarur.
Mazkur xalqaro hujjatlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Suriyadagi qurolli mojarolar ichki nizo sifatida baholanadi. Chunki yuqoridagi xalqaro bo'lmagan qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli II Protokolning 1-moddasiga asosan mazkur Oliy ahdlashuvchi davlatlar va ularning harbiy kuchlari, amaldagi hokimiyatga qarshi bo'lgan harbiy kuchlar yoki boshqa tashkillashtirilgan harbiy gruhlar o'rtasidagi nizolar shu protokolning qo'llanish sohasi hisoblanadi.
O'z-o'zidan savol tug'iladi nega bu nizolar xalqaro nizo sifatida qaralmaydi. Chunki xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli I Protokolning 1-moddasi to'rtinchi qismida "...o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ro'yobga chiqarish yo'lida mustamlakachilik hukmronligi va chet el istilosiga qarshi va irqchilik rejimlariga qarshi kurash olib borayotgan xalqlar ishtirokidagi qurolli mojarolar" shu protokolni qo'llash sohasi hisoblanadi.
Suriyaning amaldagi hukumatiga qarshi kurashayotgan kuchlar muxolifatdagi kuchlar sifatida, dastlab, o'z harakatlarini boshlashdi. Hozirgi kunga kelib to'laqonli terorchilik gruhiga aylandi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu nizolar ichki nizo hisoblanadi.
суббота, 3 октября 2015 г.
Ichki nizo yoki Xalqaro nizomi?
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)
Комментариев нет:
Отправить комментарий