Kecha Fransiyaning Parij shahrida tarixda birinchi marta 195 mamlakat iqlim o'zgarishi haqidagi kelishuvga imzo chekdilar. Kelishuvdan maqsad dunyodagi iqlim o'zgarishini sekinlashtirish, hozirda 2°Cga oshgan iqlimni 1,5°Cga tushirish. Ushbu bitim dunyo iqtisodi va siyosatida juda muhim burilishdir, chunki iqlimni 0,5°Cga tushirilishi - 2050-yilga kelib yoqilg'i energiyalaridan foydalanishni to'xtatishni anglatadi. Shu davrgacha davlatlar yangilanadigan energiya manbalarini yaratib ularni ishga tushirishga tayyor bo'lishlari kerak bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda bugundan boshlab dunyo iqtisodida yoqilg'i energetikalari -neft, gaz, ko'mir va boshqalarning roli pasaya boshlaydi. Buning geopolitik effektlari Yaqin Sharqda, Fors ko'rfazi mamlakatlari va boshqa yoqilg'i energetikasi iqtisodi va siyosatini asosi bo'lgan mamlakatlarda ko'zga ko'rinarli bo'ladi.
Nima uchun bu kelishuv zarur edi?
So'ngi 50 yil ichida dunyoda yoqilg'i energetikasidan intensiv foydalanish natijasida Yer atmosferasida CO2 moddasi ko'payib ketdi. Natijada u atmosferaning yuqori qismlarini huddi plastik kabi o'rab olib yerga kirgan quyosh nurini erkin chiqib ketishiga to'sqinlik qilishi oqibatida "Issiqxona effekti"ni vujudga keltirdi. Bu esa o'z navbatida Yer yuzida iqlimni o'zgarishga, havo haroratini muvozanatini buzilishiga olib keldi. Agar ushbu kelishuv qabul qilinmaganida va Yer shari isishda davom etganida oqibatlar ayanchli bo'lar edi. Quyidagi saytda esa o'sha oqibatlarning biri bo'lgan suv sathining ko'tarilishini dunyo yirik shaharlari misolida ko'rishingiz mumkin bo'ladi. (geopolitika.uz sayti xabar beradi)
Комментариев нет:
Отправить комментарий