Insoniyat tarixi davomida har bir asrda o`ziga xoshodisalarni guvohiga aylandi, shu jumladan XXI asrda ham ulkan globallashuv jarayoniga guvoh bo`lmoqda. Bu mavzugayana bir bor to`xtalishimizga yetarlicha asoslarimiz bor. Birinchidan, globallashuv ta`sirida iqtisodiyotda ham, siyosiymunosabatlarda ham, ijtimoiy-madaniy hayotda ham sifato`zgarishlari yuz berdi. Ikkinchidan, globallashuv toborakuchayib borayotgan to`fonga o`xshab bormoqda: u yangi-yangihududlar va davlatlarni, yangi faoliyat sohalari vamunosabatlarni o`z domiga tortmoqda.
Olimlar tomonidan “globallashuv” tushunchasiga turlita`riflar ishlab chiqilgan, boisi, mazkur tushunchaning yakdilta`rifi mavjud emas. Bunga ta`rif ishlab chiqishda har bir insono`z manfaatlari va maqsadidan kelib chiqadi, albatta. Odatda, globallashuv deganda dunyo miqyosida yagona iqtisodiy-moliyaviy makon va yaxlit axborot maydonining shakklanishjarayoni tushuniladi. (Alisher Azizxo`jayev. “Chin O`zbek ishi” Toshkent – “O`zbekiston”-2011, 370-bet)
Globallashuv jarayonini uch tomonlama ko`rib chiqadiganbo`lsak, ularni quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
Siyosiy munosabatlarda globallashuv. Globallashuvsiyosiy munosabatlarda mustaqil davlatlarningsuverenitetini yo`qotishga olib kelmoqda. Masalan, XX asroxirida SSSR, Yugoslaviya, Chexoslovakiya kabidavlatlarning parchalanishi natijasida dunyo xaritasida 20 dan ortiq mustaqil davlatlar paydo bo`ldi. Demokratiyanitarg`ib qilish maqsadida “gegemon” siyosiy derjavalarularni suverenitetini yo`qotish va o`z changallarigailintirishga urindilar va butun duyoda o`z hukmronliginio`rnatish harakatini kuchaytirdilar. Bu holatni olimlar“sayyoraviy hokimiyat”ni shakllantirish, “butunolamiyhokimiyat” qurish deb baholashmoqda. Bu holatni biz XXI asrdagi “mustamlakachilik siyosati” deb baholaymiz.Hozirgi kunda qurol-yarog`lar bilan biron bir davlatni bosibolish shart emas, xalqni ong-u shuurini egallash va o`zg`oyalarni singdirishning o`zi kifoya (bunga esa aynikunlarda kecha-yu kunduz duch kelmoqdamiz, atrofimizdagi voqea-hodisalarga befarq bo`lmasak kifoya).
Iqtisodiyotda globallashuv. Globallashuv ko`plabdavlatlarning iqtisodiyotini ipsiz bog`lamoqda (2008-yilda AQShda boshlangan iqtisodiy krizisni eslang). Mazkurjarayon tufayli shunday transmilliy korxonalar vujudgakeldiki, dunyodagi eng yirik ana shunday 200 ta korxonaning umumiy savdo aylanmasi hajmi jahon yalpimahsulotining to`rtdan birini tashkil etadi. Vaholanki, bu200 ta firmada atigi 18,8 million kishi, ya`ni jahon ishchikuchining 0,75 foizi ishlaydi. “Jeneral Motors” korporatsiyasining ishlab chiqarish hajmi Daniyaning yalpimilliy mahsulotidan ortiqroq ko`rsatgichni, “Toyota” korporatsiyasining ishlab chiqarish hajmi esaNorvegiyaning yalpi milliy mahsulotidan ortiqroqko`rsatgichni tashkil etadi (Рамоне И. Геополитика хаоса/Пер. с франц. И.А. Егорова. – М.: ТЕИС, 2001, 49-бет).
Bundan tashqari globallashuv sharoitida xalqaro mehnatbozori vujudga keldi. Yirik korporatsiyalar o`z mahsulotlariniishchi kuchi arzon bo`lgan mamkalatlarda ishlab chiqarib, turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlatlarga sotmoqda(masalan, Apple komponiyasi o`zining mahsulotlarini Xitoydachiqaradi va Dubai orqali butun dunyoga tarqatadi).
Axborot maydonidagi globallashuv. Bugungi kundaaxborot tarqatish juda oson va qulay ko`rinishga ega bo`ldi. Hozir deyarli hech kim pochtaga bormaydi, pochtadan xatkutmaydi va hokazo. Dunyoning bir chetidan turibjo`natilgan axborot oniy lahzalarda dunyoning u chetigayetib boradi. Har qanday tarqatilgan axborot kurraizaminni egallashga qodir bo`lib qoldi. Shu jumladan, internet tarmog`i orqali g`oyaviy ta`sir o`tkazish toborashiddatli tus olmoqda. Bundan bir necha yil oldin“missionerlik harakat”larda uning ishtirokchilari asosanma’naviy dunyoqarashi qashshoq insonlarni birma-bir o`zdomiga tortishar va e`tibordan chetda qolgan harobajoylarda uchrashuvlar uyishtirishar edi. Hozirgi kunda esabunga hojat qolmadi. Oddiygina internet orqali ham o`zg`oyalarini tarqatish yo`liga o`tishdi va ular go`yoki, baliqilinishini kutayotgan baliqchidek o`z o`ljalarini kutishadi.
Axborot sohasidagi globallashuv jahonda yetakchilik qilishuchun kurashda ham nomoyon bo`lmoqda. Chunki axborottexnologiyalarining rivojlanganlik darajasi davlatninggeosiyosiy ta`sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda.(Alisher Azizxo`jayev. “Chin O`zbek ishi” Toshkent – “O`zbekiston”-2011, 374-bet)
XXI asrda “axborot urushlari” tushunchasi kirib keldi.Insoniyat o`z tarixi davomida bunday urushlarni ko`rmagan.Oddiy misol Rossiyaning Su-24 somoliyoti Turkiya tomonidanurib tushirilganligi katta shov-shuvga sabab bo`ldi deyishmumkin. Rossiya ommaviy axborot vositalari o`zining haqliginiisbotlashga qancha urinmasin, Turkiya ommaviy axborotvositalari esa boshqa tomondan qilgan ishini oqlashga jon-jahdlari bilan harakat qilishdi. AQSh ommaviy axborotvositalari Xalqaro huquq normalari buzilganligi haqida bong ursa, Arab mamlakatlarining ommaviy axborot vositalariumuman boshqa fikrni ilgari surdi. Ko`rib turganingizdek, bunday axborot “urushlar”i natijasida qaysidir davlatning xalqiiqtisodiy nochorlikka uchrayotgan bo`lsa, yana qaysidirmamlakat esa jahondagi obro`-e’tiboridan ayrilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, globallashuv tushunchasiortida yagona hokimiyat va yagona madaniyat yotibdi. Yagonamadaniyat ortida G`arb o`zini dunyoga andoza uchun taklifqilmoqda. G`arb madaniyatini umuminsoniy madaniyat, universal madaniyat sifatida joriy etishga urinish mavjudligini2004 yil Berlinda “Yevropalashtirish, amerikalashtirish vagloballashuv sharoitida milliy davlatlar” mavzusida ilmiyanjuman o`tkazilgani ham tasdiqlaydi. (Удовик С.Л.Глобализация. Семиотические подходы. – М.: «Рефлбук», 2002, с.317)
Комментариев нет:
Отправить комментарий