среда, 6 января 2016 г.

Manipulyatsiya qilinayotgan inson

Avvalamborsarlavhaga izoh berib o`tsak. Ongniboshqarish muammosiga bag`ishlangan ilk asarlardan birishunday nomlangan. Mazkur asar mualifi nemis olimi GerbertFranken bo`libbu asar 1964-yilda chop etilgan.

Manipulyatsiya – insonlarga ta`sir ko`rsatish harakatibo`libularni mohirona boshqarishxususanularga obyektsifatida qarabbepisand munosabatda bo`lishzimdan boshqaruvyoki ta`sir etishdir. (Кара-Мурза С. Манипуляция сознанием. – М.: «Алгоритм», 2006, с.15.)

Hozirgi kecha-kunduzda bo`layotgan voqea-hodisalarnikuzatibGramshinning madaniy gegemoniya haqidagi ta`limotishu emasmi degan hayolga boradi kishiUning ta`limotigako`ramadaniy gegemoniya o`rnatish uchun sog`lom aqlnizaiflashtirish yoki umuman “bartaraf” etish talab etiladiSog`lom aql “o`chirilgach” esainsonni aql bovar qilmas afsonava uydirmalarga ishontirish mumkin bo`ladiMazkur nazariyaasosida “aqllilar guruhi” tomonidan ishlab chiqilgan ommaviymadaniyat”ni Gramshinning ta`limotini amalda sinabko`rilayotgan operatsiya, deb yuborasan beixtiyor

Yana o`sha siz eshitaverib “quloqlaringiz zerikkan” mavzuG`arblashtirish siyosatini insonlar ongini boshqarishdagi roligato`xtaladigan bo`lsakTarix kitoblarini o`qiganimda bir jumlabor edi “barcha yo`llar Rimga olib boradi”, degan. Bizda esabarcha mavzular G`arbga borib taqaladi”. Barcha sohalardao`zini andoza sifatida taklif qilayotgan G`arb madaniyati hamonbu an`anani davom ettirmoqda. Borgan sari G`arb madaniyatiga, Amerika madaniyatiga taqlid qilish kuchayib bormoqda. Bu borada amerikalik olim Z.Bjezinskiy Buyuk shaxmat taxtasi” asarida shunday fikrlarni keltiradiMadaniyat sohasidauningbiroz jo`nligiga qaramay, Amerika, ayniqsajahon yoshlariorasida alohida jozibadorligi bilan ajralib turadiBU esaAmerika Qo`shma Shtatlariga dunyoning hech bir davlatiganasib qilmagan siyosiy ta`sirni ta`minlaydi.” Fikrini davomettirib: “Madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratiningmuhim jihati sanaladiAyrimlar o`zining estetik qadriyatlarihaqida nimalarni o`ylamasin, Amerika ommaviy madaniyatiayniqsajahon yoshlarini ohanrabo kabi o`ziga tortadi. Uningjozibadorligiehtimolshu madaniyat orqali targ`ib qilinayotganhayotni sevish falsafasihayot sifati bilan bog`liqdirtan olishkerakkiamerika madaniyatining jozibadorligi shak-shubhasizdir

Amerikaning television dasturlari va filmlari jahonbozorining qariyb to`rtdan uch qismini egallaganDavlatningommabop musiqasi ham ustuvor mavqega egashuningdekularning qiziqishlariovqatlanishdagi odatlari va hattokikiyinishlariga ham deyarli butun dunyo taqlid qiladiShuni ham alohida ta’kidlash kerakkiyoshlar ongida Amerika zamonaviyta`lim olishga intilayotganlar uchun o`ziga xos Makkagaaylangan…..”

Z.Bjezinskiy ta`kidlagan jozibador amerika madaniyatiortidan quvayotganlarga quyidagi ma`lumotlarni keltirisho`rinlidir. Unga ko`ra AQShda 12 yoshgacha bo`lgan qizlardan25 foizining nomusiga tajovuz qilingan1998-yil avgustidaAQShda 8 yashar bola zo`rlashda ayblanib qamalgan. Amerika erkaklarining 25 foiziga yaqini besoqolboz ekani aniqlangan.Har yili 200 mingga yaqin besoqolbozlar Los-Anjelesko`chalarida namoyish o`tkazadi(Азорянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? – М.: «Новый век», 2002, с.58)

Kelingshu o`rinda mavzuni davomi sifatida amerikakinolaridan birini tahlil qilib ko`ramiz. 2012-yilda dunyotugarkan degan gap butun dunyoga tarqaldi hattoki milliarderlaro`zlari uchun bunkerlar qirdira boshlashdi. Mazkur voqeagaba`gishlab amerikalik kinomotorgflari tomonidan ( film nomi) film ishlab chiqildi. Mazkur filmning asosiy  g`oyasi va xulosasiesa amerikaliklar dunyoni turli balolardan qutqaradi hamda  u dunyoni saqlab qolishini isbotlash orqali insonlar ongiga o`zta`sirini o`tkazishga   harakat qiladi.

Deyarli barchamiz har kuni internetdan foydalanamiz.Hayotimizni internetsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga kelibulgurganmiz allaqachonlar. Internetdan foydalanuvchilardamadaniyatning yangi ko`rinishi – kibermadaniyatshakllanmoqda. Bu esa insonlarning fe`l-atvoriniprogrammalashtirish imkoniyatini bermoqda

Xulosa qilib aytadigan bo`lsakbunday o`rgimchakto`rining qurbonlariga aylanmaslik barchamizning qo`limizdaBir narsaga e`tibor qarataylik, O`zbekiston Respublikasimustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlabya`ni 1991-yil 20-noyabrda O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oiddavlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi Qonun qabulqilindiO`sha davrlardanoq biz yoshlarning asosiy kuchekanligini tan oldik va e`tirof etibqonunchiligimizda bunihuquqiy asoslarini yaratdikXalqaro hamjamiyat 2015-yilda yoshlarni asosiy kuch ekanligini tan oldi. 70 yillik tarixidavomida BMT Xavfsizlik Kengasi bu bo`yicha rezolyutsiyaqabul qildi.

Bizlarga bo`lgan ishonch va berilgan imkoniyatlarkengligini hisobga olgan holda shuni aytish kerakkiO`zbekiston yoshlari “barcha yo`llar Rimga olib boradi” degang`oyani bir chetga surgan holda o`z kelajaklari uchun jiddiykurashishi va manipulyatsiyaga nisbatan to`g`ri yondashishkerakligini unutmasliklari lozimBiz siz uchun xulosachiqarmaymiz. Balkixulosani o`zingizga topshiramiz 

Комментариев нет:

Отправить комментарий