Avvalambor, sarlavhaga izoh berib o`tsak. Ongniboshqarish muammosiga bag`ishlangan ilk asarlardan birishunday nomlangan. Mazkur asar mualifi nemis olimi GerbertFranken bo`lib, bu asar 1964-yilda chop etilgan.
Manipulyatsiya – insonlarga ta`sir ko`rsatish harakatibo`lib, ularni mohirona boshqarish, xususan, ularga obyektsifatida qarab, bepisand munosabatda bo`lish, zimdan boshqaruvyoki ta`sir etishdir. (Кара-Мурза С. Манипуляция сознанием. – М.: «Алгоритм», 2006, с.15.)
Hozirgi kecha-kunduzda bo`layotgan voqea-hodisalarnikuzatib, Gramshinning madaniy gegemoniya haqidagi ta`limotishu emasmi degan hayolga boradi kishi. Uning ta`limotigako`ra, madaniy gegemoniya o`rnatish uchun sog`lom aqlnizaiflashtirish yoki umuman “bartaraf” etish talab etiladi. Sog`lom aql “o`chirilgach” esa, insonni aql bovar qilmas afsonava uydirmalarga ishontirish mumkin bo`ladi. Mazkur nazariyaasosida “aqllilar guruhi” tomonidan ishlab chiqilgan “ommaviymadaniyat”ni Gramshinning ta`limotini amalda sinabko`rilayotgan operatsiya, deb yuborasan beixtiyor.
Yana o`sha siz eshitaverib “quloqlaringiz zerikkan” mavzuG`arblashtirish siyosatini insonlar ongini boshqarishdagi roligato`xtaladigan bo`lsak. Tarix kitoblarini o`qiganimda bir jumlabor edi “barcha yo`llar Rimga olib boradi”, degan. Bizda esa“barcha mavzular G`arbga borib taqaladi”. Barcha sohalardao`zini andoza sifatida taklif qilayotgan G`arb madaniyati hamonbu an`anani davom ettirmoqda. Borgan sari G`arb madaniyatiga, Amerika madaniyatiga taqlid qilish kuchayib bormoqda. Bu borada amerikalik olim Z.Bjezinskiy “Buyuk shaxmat taxtasi” asarida shunday fikrlarni keltiradi: “Madaniyat sohasida, uningbiroz jo`nligiga qaramay, Amerika, ayniqsa, jahon yoshlariorasida alohida jozibadorligi bilan ajralib turadi. BU esaAmerika Qo`shma Shtatlariga dunyoning hech bir davlatiganasib qilmagan siyosiy ta`sirni ta`minlaydi.” Fikrini davomettirib: “Madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratiningmuhim jihati sanaladi. Ayrimlar o`zining estetik qadriyatlarihaqida nimalarni o`ylamasin, Amerika ommaviy madaniyati, ayniqsa, jahon yoshlarini ohanrabo kabi o`ziga tortadi. Uningjozibadorligi, ehtimol, shu madaniyat orqali targ`ib qilinayotganhayotni sevish falsafasi, hayot sifati bilan bog`liqdir, tan olishkerakki, amerika madaniyatining jozibadorligi shak-shubhasizdir.
Amerikaning television dasturlari va filmlari jahonbozorining qariyb to`rtdan uch qismini egallagan. Davlatningommabop musiqasi ham ustuvor mavqega ega, shuningdek, ularning qiziqishlari, ovqatlanishdagi odatlari va hattokikiyinishlariga ham deyarli butun dunyo taqlid qiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yoshlar ongida Amerika zamonaviyta`lim olishga intilayotganlar uchun o`ziga xos Makkagaaylangan…..”
Z.Bjezinskiy ta`kidlagan jozibador amerika madaniyatiortidan quvayotganlarga quyidagi ma`lumotlarni keltirisho`rinlidir. Unga ko`ra AQShda 12 yoshgacha bo`lgan qizlardan25 foizining nomusiga tajovuz qilingan. 1998-yil avgustidaAQShda 8 yashar bola zo`rlashda ayblanib qamalgan. Amerika erkaklarining 25 foiziga yaqini besoqolboz ekani aniqlangan.Har yili 200 mingga yaqin besoqolbozlar Los-Anjelesko`chalarida namoyish o`tkazadi. (Азорянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? – М.: «Новый век», 2002, с.58)
Keling, shu o`rinda mavzuni davomi sifatida amerikakinolaridan birini tahlil qilib ko`ramiz. 2012-yilda dunyotugarkan degan gap butun dunyoga tarqaldi hattoki milliarderlaro`zlari uchun bunkerlar qirdira boshlashdi. Mazkur voqeagaba`gishlab amerikalik kinomotorgflari tomonidan ( film nomi) film ishlab chiqildi. Mazkur filmning asosiy g`oyasi va xulosasiesa amerikaliklar dunyoni turli balolardan qutqaradi hamda u dunyoni saqlab qolishini isbotlash orqali insonlar ongiga o`zta`sirini o`tkazishga harakat qiladi.
Deyarli barchamiz har kuni internetdan foydalanamiz.Hayotimizni internetsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga kelibulgurganmiz allaqachonlar. Internetdan foydalanuvchilardamadaniyatning yangi ko`rinishi – kibermadaniyatshakllanmoqda. Bu esa insonlarning fe`l-atvoriniprogrammalashtirish imkoniyatini bermoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bunday o`rgimchakto`rining qurbonlariga aylanmaslik barchamizning qo`limizda. Bir narsaga e`tibor qarataylik, O`zbekiston Respublikasimustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab, ya`ni 1991-yil 20-noyabrda “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oiddavlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi Qonun qabulqilindi. O`sha davrlardanoq biz yoshlarning asosiy kuchekanligini tan oldik va e`tirof etib, qonunchiligimizda bunihuquqiy asoslarini yaratdik. Xalqaro hamjamiyat 2015-yilda yoshlarni asosiy kuch ekanligini tan oldi. 70 yillik tarixidavomida BMT Xavfsizlik Kengasi bu bo`yicha rezolyutsiyaqabul qildi.
Bizlarga bo`lgan ishonch va berilgan imkoniyatlarkengligini hisobga olgan holda shuni aytish kerakki, O`zbekiston yoshlari “barcha yo`llar Rimga olib boradi” degang`oyani bir chetga surgan holda o`z kelajaklari uchun jiddiykurashishi va manipulyatsiyaga nisbatan to`g`ri yondashishkerakligini unutmasliklari lozim. Biz siz uchun xulosachiqarmaymiz. Balki, xulosani o`zingizga topshiramiz!